Kontent qismiga oʻtish

IOS 17

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Operatsion tizim
IOS 17
Ishlab chiquvchi Apple Inc.
OT oilasi Unix
Negizi IOS 16
Negiz kodi Yopiq negiz kodi (alohida komponentlar uchun ochiq bo'lishi mumkin)
Soʻnggi versiyasi 17.5.1[1]
So’nggi test versiyasi 17.5.1[1]
Yangilanish uslubi iTunes va havo orqali yangilanish
Yadro tipi XNU
Interfeys Cocoa Touch
Litsenziya Aktual
Oldingisi IOS 16
Veb sayt https://www.apple.com/ios/ios-17-preview/


iOS 17 – Apple tomonidan iPhone lineykasidagi mahsulotlari uchun ishlab chiqarilgan operatsion tizim. Anonsi 5-iyun 2023-yilda WWDC 2023da boʻlib oʻtgan. Sanoq boʻyicha iOS 16dan keyingi operatsion tizimdir[2][3][4][5].

IOS 17 Apple A12 Bionic yoki undan yangiroq chiplarda ishlovchi qurilmalarni qoʻllab quvvatlaydi. iPhone 8/8 Plus, iPhone X [6] va undan oldin chiqarilgan qurilmalar endi qoʻllab quvvatlanmaydi.

Hozirda qoʻllab quvvatlanuvchi qurilmalar roʻyhati:


Versiyalari tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oldingisi Ohirgisi Ishlab chiqaruvchilar uchun Xavfsizlik patchi
Versiya Tartib raqami Chiqish sanasi Muhim oʻzgarishlar
17.0 Beta 1 21A5248v 5-iyun, 2023-yil (12 oy avval) (2023-06-05)
17.0 Beta 2 21A5268h 21-iyun, 2023-yil (11 oy avval) (2023-06-21)
  • OT yangilanishi sozlamalar sahifasi yangi dizaynga ega boʻldi: Beta-versiya haqida maʼlumot olish uchun havolalar roʻyxati oʻzgardi va „Bugun kechqurun yangilash“ tugmasi qoʻshildi.
  • Yangi soat vidjeti qoʻshildi.
  • Apple Music uchun yangi vidjet qoʻshildi.
  • Ikkita iPhoneni bir biriga yaqinlashtirish orqali maʼlumotlarni ulashish imkoniyatini beruvchi AirDrop funksiyasini qoʻllab quvvvatlash.
  • Ikkita foydalanuvchi oʻrtasida kontaktlarini almashish imkoniyatini beruvchi NameDrop funksiyasini qoʻllab quvvatlash.
  • Kutish rejimida bildirishnomalarni oʻchirish imkoniyati yaratildi.
  • Salomatlik ilovasida Psixologik sogʻlik jamlanmasi qoʻshildi.
  • Endi Siri orqali skrinshot qilish mumkin.
  • Haptic Touch sozlamalarida ushlab turish funksiyasi qoʻshildi.
  • Fitness ilovasi endi sozlamalarda alohida element sifatida qoʻshildi.
17.0 Beta 3 21A5277h 5-iyul, 2023-yil (11 oy avval) (2023-07-05)
  • „Oʻchirilgan fotosuratlar“ albomining interfeysi yangilandi.
  • Salomatlik ilovasidagi „Ruhiy salomatlik“ boʻlimiga kichik vizual oʻzgarishlar.
  • Apple Music endi toʻliqroq trek maʼlumotlarini, jumladan mualliflar, bastakorlar va qoʻshiqqa hissa qoʻshganlarni koʻrsatadi.
  • Home ilovasi interfeysida kichik yangilanish.
  • Ushbu versiyada xatolar tuzatilgan va ishlash yaxshilangan.
17.0 Beta 3 Update 21A5277j 11-iyul, 2023-yil (10 oy avval) (2023-07-11)

Public Beta 1

  • Rasmlarda kattalashtirishda tasvirlarni kesish uchun 4 ta variant mavjud.
  • Tamil, telugu, kannada va malayalam tillarining iOS transliteratsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.
  • Foydalanuvchilar Apple ID-ga elektron pochta identifikatori oʻrniga telefon raqamlari orqali kirishlari mumkin.
  • Soʻzlar va iboralarning taʼriflarini olish uchun yangi oʻrnatilgan panjabi lugʻati qoʻshildi.
  • Foydalanuvchilar „Qoʻngʻiroqlar tarixi“ boʻlimida 2000 tagacha qoʻngʻiroqlarni, jumladan, FaceTime va WhatsApp qoʻngʻiroqlarini koʻrishlari mumkin.
17.0 Beta 4 21A5291h 25-iyul, 2023-yil (10 oy avval) (2023-07-25)
  • Klaviatura toʻgʻri koʻrsatilmaslik xato tuzatildi.
  • Xabarlar ilovasida biriktirmalarni yuborish uchun yangilangan interfeys piktogrammalari.
  • Kutish rejimida teginish bildirishnomalarini oldindan koʻrish uchun oʻzgartirish tugmasi qoʻshildi.
  • Bir iPhone-ni boshqasiga yaqinlashtirganingizda kontentni uzatishni yoqish uchun AirDrop sozlamalariga oʻzgartirish tugmasi qoʻshildi.
  • Sozlamalardagi „Uy ekrani va ilovalar kutubxonasi“ bandi belgisi yangilandi.
  • Yangilangan AirPlay ishga tushirish animatsiyasi.
17.0 Beta 4 Update 21A5291j 31-iyul, 2023-yil (10 oy avval) (2023-07-31)

Public Beta 2

17.0 Beta 5 21A5303d 8-avgust, 2023-yil (9 oy avval) (2023-08-08)

Public Beta 3

  • Qoʻshiqlarni Shazam orqali qidirish bildirishnomasi yangi animatsiyaga ega boʻldi.
  • Sozlamalarda, „iPhone xotirasi“ boʻlimida, kompyuteringizdan sinxronlangan multimedia kontentini koʻrsatadigan „Sinxronlashtirilgan tarkib“ elementi qoʻshildi.
  • IPhone xotirasi boʻlimida bir xil ishlab chiquvchidan ilovalarning umumiy maʼlumotlar hajmini guruhli koʻrsatish qoʻshildi.
  • AirDrop orqali maʼlumotlarni uzatishda maxsus ovoz qoʻshildi.
  • Boshqarish markazida yorqinlik, ovoz balandligi va slayderlar uchun yangilangan animatsiyalar.
17.0 Beta 6 21A5312c 15-avgust, 2023-yil (9 oy avval) (2023-08-15)

Public Beta 4

  • Qoʻngʻiroqni tugatish tugmasi oʻzining markaziy joyiga qaytdi.
  • Sozlamalarda „Displey va yorqinlik“ boʻlimida iOS 17 fon rasmi yangilandi.
  • Qulflangan ekranda trek chaqirganda yangilangan pleer animatsiyasi.
  • Salomatlik ilovasidagi „Ruhiy salomatlik“ yozuvi uchun yaxshilangan animatsiya.
17.0 Beta 7 21A5319a 22-avgust, 2023-yil (9 oy avval) (2023-08-22)

Public Beta 5

Ovozsiz rejimga oʻtishda taktil javob oʻzgardi.

  1. Qoʻngʻiroq paytida tugmalar menyusini ochishda qoʻngʻiroqni tiklash tugmasi markaziy joyga qaytdi.
17.0 Beta 8 21A5326a 29-avgust, 2023-yil (9 oy avval) (2023-08-29)

Public Beta 6

  • Ushbu versiyada xatoliklar tuzatilgan.
17.0 RC 21A329 12-sentyabr, 2023-yil (8 oy avval) (2023-09-12)

Release Candidate

  • 20ta yangi rington hamda bildrishnoma ovozlari qoʻshildi.
17.0 21A329 18-sentyabr, 2023-yil (8 oy avval) (2023-09-18)

Release

17.0.1 21A340 21-sentyabr, 2023-yil (8 oy avval) (2023-09-21)

Kichik xatoliklar tuzatildi va muhim xavfsizlik yangilanishlari.

17.0.2 21A350 21-sentyabr, 2023-yil (8 oy avval) (2023-09-21)

Faqat iPhone 15, 15 Plus, 15 Pro va 15 Pro Max uchun.

  • Baʼzi aloqa operatorlari bilan yuzaga kelgan kichik xatoliklar tuzatildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. MacRumors, Staff „iOS 17: Everything We Know“. MacRumors (2023-yil 27-mart). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Preslav, Kateliev „iOS 17: news, rumors, expectations“. PhoneArena. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Jordan, Palmer „iOS 17 — early rumors and what we’d like to see“. Tom’s Guide. 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Apple’s Worldwide Developers Conference returns June 5, 2023“. Apple Newsroom (2023-yil 29-mart). 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „iOS 17 Preview“ (en-US). Apple. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.